«Yuventus» Emiliano Martinesning «Aston Villa»dan o'tishi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

«Yuventus» va «Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines o'rtasidagi muzokaralar hozircha yakunlanishdan yiroq.
Turin klubi tarkibni kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri bo'lib qolayotgan argentinalik golkiperning vakillari bilan aloqani saqlab turibdi.
Biroq, «Yuventus» «Villa»ning moliyaviy talablariga rozi emas. Ayni paytda APL klubi argentinalik uchun taxminan 10 million evro va bonuslar olishni kutmoqda, turinliklar esa bu summani juda yuqori deb hisoblashmoqda va hozircha bunday shartlarga rozi bo'lishga tayyor emaslar.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar