«Yuventus» Dzanolo bilan muzokaralar olib bormoqda

Hujumchi Nikolo Dzanolo shu yozda «Udineze»ni tark etishi mumkin.
Tuttosport nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Yuventus» futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Turin klubi o'yinchining vakillari bilan bog'langan va transfer uchun dastlabki rozilikni olgan. Ushbu transfer summasi 15 million evroni tashkil qilishi mumkin. Shuningdek, Dzanoloni «Milan» va «Komo» klublari ham o'z tarkibida ko'rishni istamoqda. «Udineze» esa forvardni saqlab qolmoqchi, biroq futbolchining o'zi jamoada qolishni xohlamayapti.
Nikolo Dzanolo shu yozda «Galatasaroy»dan «Udineze»ga 5 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar