«Yuventus» «Djenoa» hujumchisi bilan kelishib oldi

Turin klubi 19 yoshli hujumchining transferi bo'yicha «Djenoa» bilan kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. «Byankoneri» ushbu transfer uchun 16 million evro va yana 2 million evro bonus tariqasida to'laydi. Shuningdek, ushbu kelishuvga «Yuve» himoyachisi David Puchka ham kiritiladi.
A Seriyaning o'tgan mavsumida Exator 30 ta o'yinda maydonga tushib, maydonda o'rtacha 31 daqiqadan harakat qilgan va 3 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar