«Yuventus» darvozaboni o'ziga yangi jamoa izlamoqda

«Yuventus» posboni Mattia Perin joriy mavsum yakunlanganidan so'ng jamoasini o'zgartirish niyatida.
33 yoshli futbolchi zaxira darvozaboni rolidan norozi — u muntazam ravishda maydonga tushishni xohlaydi. Insayder Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, aynan shu sababli darvozabor mavsumlar oralig'ida «keksa sinora» safini tark etishga qaror qilgan.
Mattia Perin joriy mavsumda «Yuventus» safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan jami 16 ta to'p olib chiqdi va 4 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Italiyalik posbonning Turin grandi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida yakuniga etadi. Transfermarkt portali uni 2 million evroga baholagan.