«Yuventus»da Bremerga o'rinbosar topildi

«Yuventus» shu yozda yangi himoyachi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Jurnalist Jovanni Albanezening xabar berishicha, Bremer Turin klubini tark etishi ehtimoli bor. Agar bu sodir bo'lsa, «Yuventus» «Vest Hem» a'zosi Jan-Kler Todiboni transfer qilish variantini ko'rib chiqadi.
«Vest Hem» shu yozda Jan-Kler Todiboning transfer huquqini «Nitstsa»dan 40 million evroga sotib olgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Frantsiyalik himoyachi 2025/26 yilgi mavsumda «bolg'achilar» sharafini ijara asosida himoya qilib, barcha turnirlarda 25 ta o'yinda maydonga tushgan va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali Todiboning transfer qiymatini 22 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar