«Yuventus» o'z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi uchrashuvida o'z darvozasidan 5 ta gol olib chiqdi.

Bugun turinliklar Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqish uchun kechgan dastlabki pley-off o'yinida «Galatasaroy»ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Turin klubi evrokuboklarda oxirgi marta 1958 yili Evropa chempionlari kubogi doirasida Avstriyaning «Viner» jamoasidan 5 ta va undan ko'p gol o'tkazib yuborgan edi (0:7).

«Yuventus» va «Galatasaroy» o'rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni Turinda bo'lib o'tadi.