"Yuventus" "Chelsi"ning 66 million evrolik taklifini nazariga ham ilmadi

Londonning "Chelsi" klubi Turinning "Yuventus" klubi vingeri Kenan Yildizni sotib olmoqchi edi. Bu haqda Teamtalk xabar bermoqda.
Jurnalistlarning yozishicha, "aristokratlar" rahbariyati 20 yoshli turkiyalik futbolchi uchun 66 million evro taklif qilgan. Biroq "keksa sinora" etakchi futbolchisini qo'yib yuborishdan bosh tortdi. Yildiz 2029 yil iyun oyi oxirigacha Italiya top-klubi bilan mehnat majburiyatlari bilan bog'langan.
Joriy mavsumda hujumkor yarim himoyachi "Yuventus"ning 8 ta o'yinda ishtirok etdi. U 2 ta gol va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali uning narxini 50 mln evroga baholamoqda.