"Brayton" yarim himoyachisi Mett O'Raylining "Yuventus"ga transferini kechiktirishga to'g'ri keldi. "Keksa sinora" daniyalik bilan og'zaki kelishuvga erishdi, biroq moliyaviy sabablarga ko'ra hozirda shartnomani yakunlay olmaydi, deb yozadi jurnalist Fabritsio Romano. 24 yoshli futbolchi vaziyatning hal bo'lishini kutishda davom etmoqda va transfer oynasi yopilgunga qadar transfer amalga oshishiga umid qilmoqda.

Transfermarkt portali ekspertlari Mett O'Raylining narxini 22 mln evroga baholamoqda. Joriy mavsumda futbolchi "chaykalar" safida Premer-liga doirasida ikkita o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi. Xavbekning shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.