Dortmundning «Borussiya» klubi sobiq yarim himoyachisi Yulian Brandt faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

La Stampa nashri tarqatgan xabarga ko'ra, «Yuventus» germaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Turin klubi yaqin orada o'yinchiga shartnoma bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqish niyatida. Brandt «Borussiya»dan ketganidan so'ng erkin agent maqomida bo'lib turibdi, shu sababli uni tekinga (erkin agent sifatida) qo'lga kiritish imkoniyati mavjud.

Yulian Brandt 2019 yilda «Bayer»dan Dortmundning «Borussiya» klubiga 25 million evro evaziga o'tgan edi. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi Germaniya klubi safida barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Brandtning transfer qiymatini 15 million evroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz