«Yuventus» birdaniga ikki transferni e'lon qildi

Turinning "Yuventus" klubi Belgiya terma jamoasi va Germaniyaning "RB Leyptsig" klubi forvardi Lui Openda bilan jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirdi. "Keksa sinora" matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 25 yoshli futbolchi mavsum oxirigacha ijaraga o'tgan. Mehnat shartnomasida hujumchini 42 million evroga sotib olish bandi ko'rsatilgan.
Shuningdek, Italiya top-klubi safiga Frantsiyaning "Lill" klubi xavbeki Edon Jegrova ham qo'shildi. 26 yoshli vingerning transferi uchun "Yuventus" 15,5 million evro to'lagan.
Italiya chempionatida o'tkazilgan ikki turdan so'ng "keksa sinora" olti ochko to'pladi va turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.