"Yuventus" Bernardu Silvani qo'lga kirita olmasligi mumkin

Yarim himoyachi Bernardu Silva joriy mavsum yakunlanganidan keyin «Manchester Siti»ni tark etadi, bu haqda u bir necha kun oldin e'lon qilgan edi. SportMediaset nashrining xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchiga «Yuventus» qiziqish bildirmoqda.
Futbolchi Turin klubidan bir mavsum uchun taxminan 8 milliondan 9 million evrogacha maosh talab qilmoqda. «Yuventus» esa yarim himoyachining bunday moliyaviy talablarini qondirishga tayyor emas.
Bernardu Silva 2017 yilda «Monako»dan «Manchester Siti»ga 50 million evro evaziga o'tgan edi. Ushbu mavsumda portugaliyalik «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali yarim himoyachining qiymatini 27 million evroga baholamoqda.