«Leyptsig» hujumchisi Lua Openda rasman «Yuventus»ga o'tdi. Turinliklar uni mavsum oxirigacha 3,3+0,8 million evro evaziga ijaraga olishdi.

Ma'lum bir sport natijalariga erishilsa, klub futbolchini 40,6 million evroga sotib oladi.

25 yoshli Belgiya terma jamoasi forvardi «Leyptsig»da ikki mavsum o'ynab keladi. Opendaning statistikasi: 93 ta o'yin, 41 ta gol, 18 ta golli uzatma.

Manba: bombardir.ru