Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Rafael Gerreyru Germaniya chempionatini Italiya A Seriyasiga almashtirishi mumkin.

Jurnalistlar xabariga ko'ra, "keksa sinora" 31 yoshli futbolchini qishki transferlar davrida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Rafaelning bozor narxi sakkiz million evroga baholanmoqda, uning myunxenliklar bilan mehnat shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.

Germaniya chempionatining joriy mavsumida portugaliyalik himoyachi 4 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.