"Yuventus" "Barselona" tarbiyalanuvchisini sotib olmoqchi

Turinning "Yuventus" klubi "Parma" markaziy yarim himoyachisi Adrian Bernabega qiziqish bildirmoqda.
Sky Italia xabariga ko'ra, "byankonerilar" yangi ustozi Luchano Spalletti qishda yarim himoya pozitsiyasini kuchaytirishni istamoqda. 24 yoshli ispaniyalik futbolchi bu pozitsiya uchun eng yaxshi nomzodlardan biri. Shuningdek, "Marsel"dan Per-Emil Xyoyberg varianti ham bor.
Bernabe "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Transfermarkt tomonidan 15 million evroga baholanmoqda. Adrian "Parma" safiga 2021 yilda "Manchester Siti U-23" safidan kelib qo'shilgan.