«Parma» markaziy hujumchisi Mateo Pellegrino «Yuventus»ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Turin klubi argentinalik futbolchini ijaraga olish bo'yicha «Parma» bilan kelishuvga erishish arafasida. Ijara narxi 5 million evroni tashkil etishi kutilmoqda. Shuningdek, shartnomada 20 million evro evaziga sotib olish huquqi va qo'shimcha 5 million evro bonus ham ko'zda tutilgan.

O'tgan mavsumda 24 yoshli Pellegrino barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali mutaxassislari hujumchining transfer narxini 15 million evroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz