«Yuventus» Argentina terma jamoasi yulduzini sotib olishga yaqin turibdi

«Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi ehtimoli juda yuqori. Mashhur insayder Matteo Morettoning xabar berishicha, Turin klubi 33 yoshli posbon bilan shartnoma shartlari bo'yicha to'liq kelishuvga erishishga bir qadam qoldi.
Yaqin kunlarda tomonlar transferning barcha mayda tafsilotlarini hal qilib olish uchun yangi uchrashuv o'tkazishadi. Tez orada «keksa sinora» «Aston Villa»ga rasmiy transfer taklifini yuborishi kutilmoqda.
Mish-mishlarga ko'ra, Emiliano Martinesning «Yuventus» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallanadi. Futbolchining bozor qiymati Transfermarkt ekspertlari tomonidan 12 million evroga baholangan.