«Yuventus» APLning ikki darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

«Yuventus» yangi darvozabon izlashni davom ettirmoqda va bir yo'la ikki nomzodni ko'rib chiqmoqda. Sky Sport Italia xabariga ko'ra, Turin klubi «Aston Villa» posboni Emiliano Martines va «Tottenxem» darvozaboni Gulelmo Vikarioga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, «keksa sinora» rahbariyati avvalroq «Liverpul»dan Alissonni qo'lga kiritishga urinib ko'rmoqchi bo'lgan, biroq ingliz klubi o'z asosiy darvozabonini qo'yib yuborish niyatida emas.
Martines o'tgan mavsumda «Aston Villa»ga Evropa ligasida g'olib chiqishga yordam berdi, Vikario esa mavsum oxirining bir qismini jarohat sababli o'tkazib yubordi. Eslatib o'tamiz, «Yuventus» mavsumni A Seriyada oltinchi o'rinda yakunladi.