"Yuventus" APL top-klubida Vlaxovichga o'rinbosar topdi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee "Yuventus"ning ehtimoliy transfer maqsadi hisoblanadi. "Keksa sinora" kelasi yilning yozida shartnomasi tugaydigan Dushan Vlaxovichni qo'ldan chiqarishi mumkin va klub rahbariyati allaqachon uning o'rnini to'ldirish variantlarini ko'rib chiqmoqda. Tuttosport xabariga ko'ra, turinliklar short-listida ayni damda Angliyaga ketishidan oldin "Bolonya" safida muvaffaqiyatli to'p tepgan Zirkze etakchilik qilmoqda.
Transfermarkt portali ekspertlari niderlandiyalik futbolchining narxini 30 mln evroga baholamoqda. 24 yoshli forvardning "qizil iblislar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan bo'lib, uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.