"Yuventus" APL grandlari da'vogarlik qilayotgan Yildizga yaxshilangan taklif bilan chiqadi

"Yuventus" Kenan Yildizni olib qolmoqchi. "Keksa sinora"ning turk vingeri bilan shartnomani uzaytirish rejalari anchadan beri ma'lum, biroq kelishuv shartlari bo'yicha kelishib bo'lmayapti.
Vaziyat 20 yoshli yulduzga Angliya Premer-ligasi grandlari qiziqish bildirayotgani bilan murakkablashmoqda. Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, Rojdestvo oldidan "Yuventus" Yildizga yaxshilangan taklif bilan chiqadi: agar manbaga ishonilsa, futbolchi Chempionlar ligasiga yo'llanma olingan taqdirda kuchga kiradigan bonuslarni hisobga olgan holda yiliga 5 milliondan 5,5 million evrogacha maosh olishi mumkin.
Yaqinda Kenan Yildizning agenti bilan allaqachon Londonning "Arsenal" klubi vakillari bog'langani haqida xabarlar tarqaldi. Hujumchining amaldagi kelishuvi 2029 yilgacha mo'ljallangan.