"Yuventus" APL forvardi uchun 35 mln evro taklif qildi

"Yuventus" "Kristal Pelas" hujumchisi Jan-Filipp Mateta transferi ustida ishlashda davom etmoqda.
"Keksa sinora" "burgutlar"ga frantsuz uchun so'rov bilan murojaat qildi: italyan klubi 35 mln evroga yaqin mablag' to'lashga tayyorligini bildirdi, biroq londonliklarni bunday taklif qoniqtirishi dargumon, deya xabar beradi insayder Janluka di Martsio. Ma'lumotlarga qaraganda, "Kristal Pelas" forvard sotuvidan ancha ko'p - 55-60 mln evro ishlab olmoqchi.
Matetaga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali ekspertlari 28 yoshli futbolchining narxini 40 mln evroga baholamoqda.