"Yuventus" o'z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Yozda Turin klubi yarim himoyachi Frank Kessega qiziqish bildirgan va ularning qiziqishi kuchliligicha qolmoqda, deb xabar beradi La Gazette dello Sport.

“Yuventus” yanvar oyida Kesse uchun yana bir taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

"Al Ahli" ivuarlik futbolchini yozda erkin agent sifatida yo'qotishdan ko'ra uni sotishni afzal ko'radi.

Frankning o'zi Evropaga qaytishni xohlaydi.