"Yuventus" 6 o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti.

Bugun turinliklar A Seriya 7-turida safarda "Komo"ga (0:2) imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Bungacha Igor Tudor jamoasi Italiya chempionati va Chempionlar ligasida beshta durangli seriyaga ega edi.

Jamoa oxirgi marta 13 sentyabr kuni A Seriyada "Inter"ga (4:3) qarshi o'yinda g'alaba qozongan edi.

22 oktyabr kuni "Yuventus" EChLning umumiy bosqichida "Real" mehmoni bo'ladi.