Italiya chempionatida A Seriya 20-turining so'nggi o'yinlari bo'lib o'tdi, unda Turinning "Yuventus" klubi "Kremoneze"ni 5:0 hisobida mag'lub etdi.

Ma'lum bo'lishicha, turinliklar oxirgi marta Italiya chempionati o'yinida besh yoki undan ortiq gol urganiga sakkiz yil bo'lgan.

Bu 2018 yilning 4 fevralida sodir bo'lgandi, o'shanda turinliklar "Sassuolo" darvozasiga 7 bor yo'l topgan.

Italiya chempionatining navbatdagi turida "Yuventus" safarda "Kalyari" mehmoni bo'ladi. Bu o'n ettinchi yanvar, shanba kuni sodir bo'ladi. Hozirda Spalletti klubi A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.