Kerim Alaybegovich «Yuventus»ga o'tmoqda.

Turin klubi 18 yoshli vingerning transferi bo'yicha «Bayer» bilan kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Sky Sport jurnalisti Patrik Berger.

Bitim summasi 33 million evroni tashkil etadi va bonuslar hisobiga 40 million evrogacha oshishi mumkin.

Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi futbolchisiga «Chelsi» ham qiziqish bildirgan edi.

Manba: Stadion.uz