Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp milliy terma jamoa o'yinlarida kostyum-shimda yoki sport kiyimida bo'lishi haqidagi savolga javob qaytardi.

«Bunaqa matbuot anjumanlarini umuman sog'inmagandim (kuladi). Lekin galstuk taqmasligim aniq. Buni vaqt ko'rsatadi.

Oxirgi yillarda garderobimni yangilab olish imkoniyatiga ega bo'ldim. Menimcha, u hozirgi yangi rolimga avvalgidan ko'ra ko'proq mos keladi», — dedi Klopp.

Manba: Stadion.uz