Yurgen Klopp Millatlar ligasida Serbiyaga qarshi o'yindagi g'alabaga munosabat bildirdi

"Biz shiddatli suratda boshladik. Kontrpressing juda yuqori darajada edi, bo'sh hududlar cheklangandi. Yanada ko'proq gol urishimiz mumkin edi, ammo tanaffusda yigitlarga aytdim: endi eng muhimi - ushbu darajani saqlab qolish. Agar kelajakda jiddiy maqsadlar uchun kurasha oladigan jamoaga aylanishni istasak, ushbu kayfiyatni saqlab qolishga majburmiz, - va ular uddalashdi. Ular meyorni ham, shiddatni ham, qolgan hamma narsani ham ushlab qolishdi. Yakunda ajoyib o'yin chiqdi", - deydi Kloppning so'zlarini UEFA rasmiy sayti.
Ushbu g'alaba bundestim uchun 59 yoshli mutaxassis qo'l ostidagi birinchi g'alaba bo'ldi.
Guruh bosqichining navbatdagi turida Germaniya 4 oktyabr kuni Gretsiya bilan kuch sinashadi, Serbiya esa shu kuni Niderlandiyaga qarshi o'yin o'tkazadi.
Kommentariyalar