Yunon-rum kurashi. Alisher G'aniev jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi

Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Alisher G'aniev Xorvatiyada o'tayotgan sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatining final bahsida ishtirok etdi.
-60 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda qozog'istonlik Aydos Sultangaliga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Manba: olympic.uz