Yunon-rum kurashi. Abdullo Aliev jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdi

Yana bir yunon-rum kurashchimiz Zagreb shahri mezbonlik qilayotgan dunyo birinchiligida o'z nomini sovrindorlar qatoriga qo'shib qo'ydi.
-72 kg vazn toifasida bahs olib borgan Abdullo Aliev bronza medali sohibiga aylandi. Hamyurtimiz uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda Koreya Respublikasi vakili Engxun Nohdan ustun keldi.
Manba: olympic.uz