"Yunion" Chempionlar ligasi debyutida g'alaba qozondi.

Umumiy bosqichning 1-turida Belgiya jamoasi safarda PSVni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Bugungi o'yin "Yunion" uchun Chempionlar ligasi asosiy bosqichidagi dastlabkisi bo'ldi. Avvalroq jamoa ikki marta turnirga chiqa olmagan va 3-saralash bosqichida musobaqani tark etgandi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda "Yunion" 1935 yildan buyon ilk bor Belgiya chempioni bo'ldi.