"Yunayted" va "Chelsi" bozor narxi 25 million evro bo'lgan yarim himoyachi bilan aloqaga chiqishdi

"Sanderlend"ning 20 yoshli xavbeki Noa Sadiki Angliya Premer-ligasining ikki top-klubi qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Sasha Tavoleri xabar bermoqda.
Jurnalistning ma'lumotiga ko'ra, yarim himoyachi uchun Londonning "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari kurash olib boradi. Sadikining yuqoridagi klublardan biriga o'tishi kelasi yilning yozida rasmiylashtirilishi mumkin. Futbolchining bozor narxi 25 million evroga baholanmoqda va uning "qora mushuklar" bilan shartnomasi 2030 yilda tugaydi.
2025/2026 yilgi mavsumda yarim himoyachi Premer-ligada 15 ta bahsda qatnashdi.