"Manchester Yunayted"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoa rahbariyati uni qolishga qanday ko'ndirganini tushuntirdi.

"Agar klub menga maqsadimiz hali ham maksimal natijalarga erishish ekanligini aytmaganida, men "Manchester Yunayted"da qolmasdim", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Fernandesh "Manchester Yunayted" Angliya va Evropa maydonlarida o'z obro'sini tiklashni va yana chempionlik uchun kurashishni xohlayotganini tushuntirdi.