Yulmann: "Qarama-qarshilik hali tugamadi"

Germaniyaning "Bayer" klubi bosh murabbiyi Kasper Yulmann shogirdlarining Evropa Chempionlar ligasidagi o'yini haqida fikr bildirdi.
24 fevral kuni leverkuzenliklar Gretsiyaning "Olimpiakos" klubiga qarshi o'tish bahsida maydonga tushadi va dastlabki uchrashuvda 2:0 hisobida ustun kelgandi.
"Yaxshi natijaga erishdik va bizda yaxshi vaziyat bor, ammo o'yinga engil qaraydigan bo'lsak, bu xavfli bo'lishi mumkin. Qarama-qarshilik hali tugamadi. Birinchi o'yindagi g'alaba hech narsani o'zgartirmaydi", - deya Yulmanning so'zlarini keltiradi UEFA sayti.
Bellashuvni boshlash uchun hushtak Toshkent vaqti bilan 01:00 da chalinadi. O'yinni angliyalik Maykl Oliver boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.