Leverkuzenning "Bayer" klubi bosh murabbiyi Kasper Yulmann jamoasining Chempionlar ligasida "PSJ"dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.

Parijliklar Germaniya klubini safarda 7:2 hisobida mag'lub etishdi.

"Mutaxassis sifatida biz uchun bularning barchasi juda og'riqli. Jamoa uchun, men uchun, ishtirok etgan barcha uchun.

2-7 - bu yomon ko'rinadi. "Bayer" o'yinni yomon boshladi, ammo keyin kurashga kirishdi", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.