Belgiyaning "Yunion Tsent-Jillua" klubi bosh murabbiyi David Yuber Chempionlar ligasi doirasida Turkiyaning "Galatasaroy" klubiga qarshi kechadigan o'yin oldidan matbuot vakillari bilan muloqot qildi.

Umumiy bosqichning 5-tur uchrashuvi 25 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

"Albatta, bu Turkiyadagi eng yaxshi klub. Ular o'z ligasida birinchi o'rinda, Chempionlar Ligasida esa 12 ochkodan 9 ochkoga ega. Shunday ekan, bu oson o'yin bo'lmaydi. Bu erda jahon yulduzlari o'ynaydi", - deya Yuberning so'zlarini keltiradi VTM.