Yozua Kimmix Germaniya terma jamoasi tarixidagi eng ko'p o'yin o'tkazgan 10 nafar futbolchi qatoriga kirdi

27 mart kuni o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida Shveytsariya va Germaniya terma jamoalari to'qnash kelishdi. Gollarga boy kechgan bahs Yulian Nagelsmann shogirdlarining 4:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Yarim himoyachi Yozua Kimmix uchrashuvni to'liq o'tkazdi. Transfermarkt portalining hisob-kitoblariga ko'ra, ushbu o'yin «Bavariya»ning 31 yoshli futbolchisi uchun «bundesmanshaft» tarkibidagi 107-uchrashuv bo'ldi va bu unga terma jamoa tarixidagi eng yaxshi o'ntalikka kirish imkonini berdi.
Germaniya terma jamoasida Kimmixdan ko'ra ko'proq o'yin o'tkazgan futbolchilar ro'yxati quyidagicha: Yurgen Klinsmann (108), Filipp Lam (113), Toni Kroos (114), Bastian Shvaynshtayger (121), Manuel Noyer (124), Lukas Podolski (130), Tomas Myuller (131), Miroslav Kloze (137) va Lotar Matteus (150 o'yin).