Bolgariyaning Sofiya shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslari nihoyasiga etdi.

Musobaqaning bugungi bellashuvlari ham O'zbekiston terma jamoasi uchun omadli o'tdi.

Qizlar o'rtasida +70 kg vazn toifasida kurashgan Umida Nig'matova barcha raqiblarini mag'lub etib, oltin medalni kiritdi.

Shu tariqa, musobaqada 5 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg'argan dzyudochilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi!

Dasturga ko'ra ertaga aralash jamoaviy yo'nalishda g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.