Toshkent mezbonlik qilgan badminton bo'yicha Markaziy Osiyo chempionati yakuniga etdi.

Ma'lum qilganimizdek, unda 7 mamlakatdan 97 nafar sportchi U-15, U-17 va U-23 yosh toifalarida yakkalik, juftlik, mikst va jamoaviy dasturlarda medallar uchun bahs olib borishdi.

Yakunda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta oltin, 7 ta kumush va 10 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi. Ushbu natija bilan sportchilarimiz medallar jamg'arish bo'yicha Erondan keyin ikkinchi o'rinni egallashdi.