Yildiz "Yuventus" uning maoshini oshirmasa boshqa grand jamoaga ketib qolishi mumkin

Kenan Yildizga bir nechta top-klublar qiziqmoqda.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "Yuventus" vingeri xizmatiga "Chelsi", "Arsenal" va "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda. Ta'kidlanishicha, yozda "ko'klar"ning 67 mln evrolik taklifi rad etilgan.
Futbolchining o'zi ham Turin klubida qolsa, maoshi oshirilishini istaydi. Hozirda u yiliga 1,7 million evro maosh oladi. Turk futbolchisi taxminan 6 million olishni istamoqda.
Turkiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada 6 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.