«Yuventus» hujumchisi Kenan Yildiz jamoadagi o'z o'rni haqida fikr bildirdi. 21 yoshli futbolchi «keksa sinora»ning etakchilaridan biriga aylandi. Mish-mishlar turkiyalik yulduzni tez-tez Evropaning top-klublaridan biriga o'tishi bilan bog'lasa-da, futbolchi hech qaerga ketishga shoshmayotganini ko'p bor ta'kidlamoqda.

«Men «Yuventus» tarixiga o'z ismimni yozib qoldirmoqchiman. Kelajagimni klub bilan bog'lash qarori – bu shunchaki professional tanlov emas, bu erda ishonch masalasi ham muhim. Menga bu erda o'sish uchun imkoniyat berilishini his qildim. Klub mening salohiyatimga ishondi va bosqichma-bosqich rivojlanish rejasini taqdim etdi», — dedi Yildiz «GQ» nashriga bergan intervyusida.

«Yosh o'yinchi uchun ishonchdan muhimroq narsa yo'q. «Yuventus»da men birinchi kundan boshlab menga ishonishayotganini his qildim», — deya qo'shimcha qildi u.

Eslatib o'tamiz, Kenanning turinliklar bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.