Turkiyalik hujumchi Kenan Yildiz Italiya chempionatining 34-turi doirasidagi «Milan»ga qarshi muhim bahsni o'tkazib yuborishi mumkin.

Nufuzli italiyalik jurnalist Janluka di Martsioning xabar berishicha, futbolchi kecha jamoaning mashg'ulotini o'tkazib yuborgan. Shuningdek, serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovich ham ushbu mashg'ulotda ishtirok etmagan.

Boshqa tarafdan, bir qator futbolchilar (Emil Xolm, Vasilie Adjich, Kefren Tyuram va Mattia Perin) sog'ayib safga qaytishdi va Luchano Spalletti ularning xizmatidan foydalanishi mumkin. Hozirda «Milan» turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi, turinliklar esa to'rtinchi pog'onada borishmoqda.