Yildiz uchun Evropa futboli grandlari kurashadi

"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz borgan sari Evropa grandlarining transfer maqsadlari qatoridan joy olmoqda.
20 yoshli futbolchining muvaffaqiyatlarini "Real", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Chelsi" klublari vakillari diqqat bilan kuzatib bormoqda, deb yozadi jurnalist Ekram Konur. "Keksa sinora" rahbariyati hamon turk bilan shartnomani uzaytirish va maoshini oshirish niyatida.
Kenan Yildizning Transfermarkt portalidagi narxi 75 mln evroga baholanmoqda. Joriy mavsumda futbolchi "Yuventus" safida 10 ta o'yinda 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.