Himoyachi Serxio Ramos fevral oyidan beri "Monterrey" sharafini himoya qilmoqda. 39 yoshli futbolchining shartnomasi dekabr oyining so'nggi kunida yakuniga etadi va u uzaytirilmaydigan ko'rinadi.

Goal portalining El Chiringuito dasturi va AS nashriga tayanib xabar berishicha, Ramos Evropaga qaytishni rejalashtirmoqda. Unga oilasining xohish-istaklari va jahon chempionati arafasida Ispaniya terma jamoasiga qaytish istagi sabab bo'lmoqda.

Serxio Ramos o'ynashi mumkin bo'lgan jamoalar sifatida Italiyaning "Roma", Germaniyaning "Bayer" va Frantsiyaning "Marsel" klublari tilga olinmoqda.

Mart oyida Serxio Ramos 40 yoshga to'ladi. Nufuzli "Transfermarkt" portali futbolchini 1 million evroga baholamoqda.