Yaponiyalik futbolchi A Seriya grandlari qiziqishida

"Parma" darvozaboni Jion Suzuki Italiya A Seriyasi gigantlari qiziqishini uyg'otmoqda.
"Inter" va "Milan" 23 yoshli futbolchini sotib olishni ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi La Gazette dello Sport.
"Parma" yaponiyalik futbolchini kelasi yozda 20 million evroga sotishi kutilmoqda. Jion Suzuki joriy A Seriya mavsumida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol o'tkazib yubordi.