Yaponiya va Tunis o'rtasidagi uchrashuv Jahon chempionatlari tarixidagi 1000-o'yinga aylandi

Tunis va Yaponiya terma jamoalari Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida Meksikaning Guadalupe shahrida o'zaro kuch sinashdi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, ushbu uchrashuv Jahon chempionatlari tarixidagi yubiley — 1000-o'yin sifatida qayd etildi.
Eslatib o'tamiz, joriy yilda AQSh, Meksika va Kanada yashil maydonlari tarixdagi 23-Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Unda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etayotgan bo'lib, musobaqaning final uchrashuvi 19 iyul kuniga rejalashtirilgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar