Yaponiya terma jamoasi yulduzi Braziliyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Jahon chempionati — 2026 ning 1/16 finali doirasida Braziliya va Yaponiya terma jamoalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi. ESPN nashri tarqatgan xabarga ko'ra, yarim himoyachi Takefusa Kubo jarohati sababli bo'lajak bahsni o'tkazib yuboradi.
Yaponiyalik xavbek mundialning guruh bosqichidan o'rin olgan Niderlandiyaga qarshi o'yinda (2:2) jarohat olgan edi. Takefusa ayni paytda yakka tartibdagi reja asosida mashg'ulot o'tamoqda va hali to'p bilan ishlashga qaytgani yo'q.
Braziliya va Yaponiya o'rtasidagi uchrashuv dushanba, 29 iyun kuni bo'lib o'tadi. Bosh hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 22:00 da chalinadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar