Yaponiya futbol federatsiyasi texnik direktori samolyotda bolalar pornografiyasini tomosha qilgani uchun shartli qamoq va 5 ming evro jarimaga tortildi.

Jamoa bilan U-20 Jahon chempionatiga uchgan 58 yoshli Masanaga Kageyama kadrlar neyrotarmoq tomonidan yaratilganini va Frantsiyada bunday kontent noqonuniy ekanligini bilmaganini aytib, o'zini oqlagan.

Yaponiya U-20 jamoasi Chilida davom etayotgan JChda guruh bosqichidagi barcha 3 ta o'yinni g'alaba bilan yakunladi - Misr (2:0), Chili (2:0), Yangi Zelandiya (3:0) hisobida taslim qilindi. Ular 1/8 finalda Frantsiya bilan to'qnash keladi.