Yaponiya bosh murabbiyi Braziliyaga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirdi

Yaponiya terma jamoasi ustozi Xadzime Moriyasu Jahon chempionati — 2026 musobaqasining 1/16 finali doirasida Braziliya milliy terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvdan kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.
«Jamoa bo'lajak o'yinda bor kuchi bilan harakat qiladi. Biz bir yoqadan bosh chiqarib birlashganmiz va aynan shu tuyg'u bizga qo'shimcha kuch bag'ishlamoqda. Raqib maksimal darajada motivatsiyaga ega bo'ladi, braziliyaliklar keyingi bosqichga chiqishni istashadi. Ammo bizda ham o'z imkoniyatlarimiz bo'ladi. Qizg'in va shiddatli bahs kutmoqdamiz», — dedi mutaxassis matbuot anjumani vaqtida.
Braziliya va Yaponiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv dushanba kuni, 29 iyun sanasida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar