Belgiyalik vinger Yannik Karrasko Evropaga qaytishni istamoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira yozdi.

Futbolchining xizmatlari "Napoli" va "Roma"ga taklif qilingan. Ijara varianti ham ko'rib chiqilmoqda. Ayni paytda Karrasko "Ash-Shabab" safida to'p tepmoqda.

Joriy mavsumda Yannik Ferreyra Karrasko 16 ta o'yin o'tkazdi. Ushbu uchrashuvlarda vinger "gol+pas" tizimi bo'yicha "9+3" ko'rsatkich qayd etdi.