Yangi Zelandiya terma jamoasi matbuot xizmati shu yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati uchun qaydnomani e'lon qildi.

Terma jamoa tarkibi:

Darvozabonlar: Maks Krokomb, Aleks Paulsen, Maykl Vud.

Himoyachilar: Tayler Bindon, Maykl Boksoll, Liberato Kakache, Frensis de Vris, Kallan Elliot, Tim Peyn, Nando Pidjnaker, Tommi Smit, Finn Syorman.

Yarim himoyachilar: Laklan Beyliss, Djo Bell, Aleks Rufer, Marko Stamenich, Rayan Tomas.

Hujumchilar: Kosta Barbaruses, Mettyu Garbett, Eli Djast, Kellum Makkouott, Ben Old, Djessi Rendall, Sarprit Singx, Ben Ueyn, Kris Vud.

2026 yilgi Jahon chempionatida Yangi Zelandiya terma jamoasi «G» guruhida o'ynaydi. U erda jamoaga Eron, Misr va Belgiya terma jamoalari raqiblik qiladi.

Guruhdagi o'yinlar jadvali:

15 iyun: Eron — Yangi Zelandiya (Lorens-Eyrli stadioni)

21 iyun: Yangi Zelandiya — Misr (Bi-Si Pleys)

26 iyun: Yangi Zelandiya — Belgiya (Bi-Si Pleys).