Yangi ofsayd qoidasi qachondan joriy etilishi mumkinligi ma'lum bo'ldi

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) 20 yanvar kuni Londonda bo'lib o'tadigan yig'ilishda ofsaydni aniqlash qoidalarini o'zgartirish masalasini ko'rib chiqmoqchi, deb yozadi AS.
Qayd etilishicha, qoidalar qabul qilingan taqdirda 2026/27 yilgi mavsumdan boshlab amal qiladi.
O'zgarishlar tashabbuskori "Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi, FIFAning futbolni global rivojlantirish bo'limi rahbari Arsen Venger bo'ldi. U agar hujumchi so'nggi himoyachidan to'liq oldinga o'tib ketmagan holatda to'pni qabul qilsa, bu ofsayd deb hisoblanmasligini taklif qilmoqda.
